"Barselona" "Manchester Yunayted"ning iste’dodli hujumchisi Jey-Jey Gabrielga qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq matbuotda hujumchi va vinger pozisiyalarida harakat qiladigan 15 yoshli futbolchi "Manchester Yunayted"dan ketish istagini bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu qaror klub uchun kutilmagan bo‘lgani aytilmoqda.
Jey-Jey Gabrielga o‘yin uslubi va iqtidori sabab "Kichkina Messi" laqabi berilgan.
talkSPORT jurnalisti Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, yosh futbolchiga Yevropaning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda. Ular orasida "Barselona" ham bor.
Shuningdek, "Chelsi" ham Gabriel bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi 2021 yilda "Barselona"ni tark etgan edi. O‘shanda kataloniyaliklar moliyaviy muammolar sabab argentinalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qila olmagan.













