Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 3-0 Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor 3-1 Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro 3-2 Andijon
09/10 19:30 Nasaf 2-1 Dinamo
10/10 00:00 Malaga - Espanyol
10/10 16:30 Arsenal - Lids
10/10 17:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon
10/10 19:00 Aston Villa - Brentford
10/10 19:00 Chelsi - Bornmut
10/10 19:00 Ipsvich - Fulhem
10/10 19:00 Sanderlend - Brayton
10/10 19:15 Alaves - Atletiko
10/10 21:30 Man. Yunayted - Tottenhem
10/10 21:30 Barselona - Xetafe
11/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal

"Vest Xem"ning sobiq darvozaboni vafot etdi

"Vest Xem"ning sobiq darvozaboni vafot etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

"Vest Xem Yunayted", Chexoslovakiya va Chexiya terma jamoalarining sobiq darvozaboni Lyudek Mikloshko 64 yoshida vafot etdi. Bu haqda Angliya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq Mikloshko besh yil davomida saraton kasalligi bilan kurashib kelayotgani ma’lum qilingan edi. 2024 yil dekabrida Angliyaga qilgan so‘nggi safari chog‘ida u kasalligi haqida omma oldida gapirib, davolanishni davom ettirmaslikka qaror qilganini bildirgan.

Mikloshko 1990 yildan 1998 yilgacha "Vest Xem" sharafini himoya qilgan. U klub safida jami 291 ta uchrashuv o‘tkazib, shularning 93 tasida darvozasini daxlsiz saqlagan.

Shuningdek, u faoliyati davomida "Kuinz Park Reyndjers" va "Banik Ostrava" klublarida ham to‘p tepgan.

Mikloshko Chexoslovakiya terma jamoasi safida 40 ta, Chexiya milliy jamoasi tarkibida esa 2 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, u 2001 yildan 2010 yilgacha "Vest Xem"da murabbiy sifatida ishlagan.

Kiritildi: 21:50, 15.09.2026.
O'qildi: 1176 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик