"Kristal Pelas" darvozaboni Din Xenderson klub bilan yangi shartnoma imzolaydi. Kelishuv 2030 yilning yoziga qadar amal qilishi kutilmoqda. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yozda "Nottingem Forest"ning 29 yoshli golkiperga qiziqish bildirganidan so‘ng "Kristal Pelas" rahbariyati unga yaxshilangan shartlar asosida yangi kelishuv taklif qilishga qaror qilgan.
Yangi shartnoma imzolangach, Xenderson jamoaning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga aylanishi kutilmoqda.
Darvozabonning amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 28 million yevro atrofida baholamoqda.
Angliyalik golkiper 2023 yildan beri "Kristal Pelas" sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u APLda 3 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol o‘tkazib yuborgan.













