"Ipsvich" bosh murabbiyi Gari O'Nil Angliya Liga kubogi 3-bosqichida "Arsenal"dan 2:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng raqib jamoa haqida iliq fikr bildirdi.
"Arsenal" — men tomosha qilish va o‘rganishni yaxshi ko‘radigan jamoalardan biri. Bu Mikel Arteta u yerda amalga oshirgan ish bilan bog‘liq.
Bu, shuningdek, juda kamtarona jamoa. U yerda o‘zini boshqalardan ustun qo‘yadigan superyulduzlar yo‘q. Har bir futbolchi o‘z vazifasini bajaradi", — deya O'Nilning so‘zlarini keltiradi YahooSport.
Angliyalik mutaxassis, shuningdek, uchrashuvda dubl qayd etgan 16 yoshli yarim himoyachi Maks Doumanni ham alohida e’tirof etdi.
"Shu yoshda bunday darajada o‘ynash, Mikel Artetaning ishonchini qozonish va shunday jamoa safida maydonga tushish — ajoyib yutuq.
Menimcha, Maks juda yaxshi sharoitda rivojlanyapti. Uning kelajagi katta bo‘lishiga ishonchim komil", — dedi O'Nil.
"Arsenal"ning Angliya Liga kubogi 4-bosqichidagi raqibi 16 sentyabr kuni o‘tkaziladigan qur’a tashlash marosimidan keyin ma’lum bo‘ladi.













