Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

Espi: "Hozir dunyodagi eng baxtli insonman"

Espi: "Hozir dunyodagi eng baxtli insonman"

Baho:
+ | -

"Real" hujumchisi Karlos Espi Ispaniya chempionatining 6-turida "Elche" ustidan 3:2 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Espi uchrashuvning 90+1-daqiqasida g‘alaba golini urdi.

"Men juda baxtliman, hozir dunyodagi eng baxtli insonman. Jamoaga har qanday yo‘l bilan yordam berishga harakat qilaman. Har safar maydonga tushganimda bor kuchimni beraman, shuning uchun juda xursandman.

"Real"dagi faoliyatimni shunday boshlash — orzu. Ammo bu bilan hammasi tugamaydi. Oldinga harakat qilishda davom etamiz, chunki yakshanba kuni bizni navbatdagi o‘yin kutmoqda.

Bu butun jamoaning xizmati. Maydonga tushgan har bir futbolchi o‘z imkoniyatidan foydalanyapti va bor kuchini beryapti.

Mbappe — ajoyib futbolchi. Uning qanday mashq qilishi va o‘ynashini ko‘rishning o‘zi hayratlanarli. Bu vaziyatda u menga golli uzatma berdi va men uning uchun ham juda xursandman.

Madrid derbisi? Bu o‘yinni juda intiqlik bilan kutyapman. Bu mening ilk derbim bo‘ladi va biz unda yuz foiz kuch bilan harakat qilamiz", — deya Espining so‘zlarini keltiradi "Real" rasmiy sayti.

Kiritildi: 10:17, 16.09.2026.
O'qildi: 674 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик