"Liverpul" bosh murabbiyi Andoni Iraola Angliya Liga kubogi 3-bosqichida "Tottenxem" ustidan 3:1 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng jamoasining o‘yinini baholadi.
"O‘yindan mamnunman. Uchrashuv davomida turli pallalar bo‘ldi, ammo umuman olganda jamoaning energiyasi menga yoqdi.
Biz gollar urdik va keyingi bosqichga chiqqanimizdan xursandman. Hisob 2:0 bo‘lganidan keyin raqib tavakkal qilishga va oldinga ko‘proq o‘tishga majbur bo‘ldi.
"Liverpul" yaxshi himoyalandi, ammo raqibga ko‘plab standart vaziyatlar ishlab olish imkonini berdik. "Tottenxem" gol urganidan keyin bizga bosim kuchaydi.
Yaxshiyamki, uchinchi golni urish imkoniyatini topdik va uchrashuvni g‘alaba bilan yakunladik.
Soboslai zarba berishga tayyorlanayotganda, unda har doim gol urish imkoniyati bo‘ladi. Sen unga ishonasan, chunki u buni avval ham ko‘p marta qilgan. U hujumlarni juda yaxshi yakunlaydi", — deya Iraolaning so‘zlarini keltiradi BBC.
"Liverpul"ning Angliya Liga kubogi 4-bosqichidagi raqibi 16 sentyabr kuni o‘tkaziladigan qur’a natijasida ma’lum bo‘ladi.













