"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasining Boliviya, Burkina-Faso va Beninga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun tarkibiga kiritildi.
Bosh murabbiy Lionel Skaloni yig‘in uchun 28 nafar futbolchini chaqirdi.
Argentina terma jamoasi tarkibi:
Darvozabonlar: Emiliano Martines ("Chelsi"), Xuan Musso ("Atletiko"), Xeronimo Ruli ("Manchester Siti").
Himoyachilar: Agustin Jay ("Palmeyras"), Leonardo Balerdi ("Roma"), Kristian Romero ("Atletiko"), Lisandro Martines ("Manchester Yunayted"), Xuan Foyt ("Vilyarreal"), Fakundo Medina ("Bayer"), Nikolas Talyafiko ("Lion"), Roman Vega ("Zenit").
Yarim himoyachilar: Enso Fernandes ("Manchester Siti"), Aleksis Makallister ("Liverpul"), Valentin Barko ("Chelsi"), Jovani Lo Selso ("Betis"), Esekiel Palasios ("Ipsvich"), Rodrigo De Paul ("Inter Mayami"), Nikolas Pas ("Komo"), Franko Mastantuono ("Fiorentina"), Matias Sule ("Roma").
Hujumchilar: Juliano Simeone ("Atletiko"), Nikolas Gonsales ("Yuventus"), Janluka Prestianni ("Benfika"), Xose Manuel Lopes ("Palmeyras"), Santyago Kastro ("Roma"), Xulian Alvares ("Atletiko"), Lautaro Martines ("Inter"), Lionel Messi ("Inter Mayami").
Argentina 30 sentyabr kuni Boliviya, 3 oktyabr kuni Burkina-Faso va 6 oktyabr kuni Benin terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Buenos-Ayresdagi "Monumental" stadionida Beninga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuv Messining Argentina terma jamoasidagi xayrlashuv o‘yini bo‘lishi kutilmoqda.
39 yoshli Messi 31 avgust kuni Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini e’lon qilgan edi.













