Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

«Real»ning 125 million yevrolik yangi futbolchisi ilk samarali harakatini amalga oshirdi

«Real»ning 125 million yevrolik yangi futbolchisi ilk samarali harakatini amalga oshirdi

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasining 6-turida «Real» safarda «Elche»ni qiyin kechgan uchrashuvda 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

Madridliklarning 19 yoshli vingeri Yan Diomande ketma-ket ikkinchi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi va uchrashuvning deyarli barcha daqiqalarini o‘tkazdi. U 4-daqiqadayoq sariq kartochka oldi, ammo bu keyinchalik o‘zini ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilmadi.

33-daqiqada kot-d’ivuarlik futbolchi Kilian Mbappega golli uzatma berdi. Bu Diomandening «RB Leypsig»dan «Real»ga o‘tganidan keyingi ilk natijali harakati bo‘ldi.

«Real» Diomandeni o‘tgan yozda 125 million yevroga sotib olgan edi. Bu klub tarixida Jud Bellingemning 127 million yevrolik transferidan keyingi ikkinchi eng qimmat xarid hisoblanadi.

Diomande «Real» safida hozirga qadar 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U hali gol urishga muvaffaq bo‘lmagan.

Kiritildi: 12:11, 16.09.2026.
O'qildi: 582 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик