«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa yarim himoyachisi Mikel Merino haqida iliq fikr bildirdi.
30 yoshli ispaniyalik futbolchi Angliya Liga kubogida «Ipsvich»ga qarshi o‘yinda gol urib, «kanonirlar»ning 4:2 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
«U shunchaki ajoyib. Men ko‘rgan va birga ishlagan futbolchilar orasida eng aqllilaridan biri. Bundan tashqari, Mikel har doim jamoa uchun bor kuchini beradi, hamma va hamma narsa haqida o‘ylaydi. U o‘ziga xos sifatlarga ega», — dedi Arteta matbuot anjumanida.
«Ipsvich» darvozasiga urilgan gol Merino uchun joriy mavsumdagi ilk gol bo‘ldi. Ispaniyalik yarim himoyachi bu mavsum Premyer-ligada hali biror marta asosiy tarkibda maydonga tushmagan.













