«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Liga kubogida «Ipsvich» ustidan 4:2 hisobidagi g‘alabadan keyin jamoasining o‘yini haqida fikr bildirdi.
«Kanonirlar» safida 16 yoshli Maks Douman dubl qayd etdi. Noni Madueke va Mikel Merino esa bittadan gol urdi.
«O‘yinimizning ko‘plab jihatlaridan, shuningdek, futbolchilarning individual harakatlaridan juda mamnunmiz. Umuman olganda, menimcha, juda yaxshi o‘yin o‘tkazdik.
Bizning vazifamiz — har bir o‘yin va har bir musobaqaga bir xil kayfiyat, xohish va to‘g‘ri munosabat bilan yondashish. Hozircha buni uddalyapmiz», — deya Artetaning so‘zlarini BBC keltirdi.
19 sentyabr, shanba kuni «Arsenal» Angliya Premyer-ligasi doirasida safarda «Brayton»ga qarshi maydonga tushadi.













