«Fiorentina» Kubok bahsida «Piza»ni 3:0 hisobida mag‘lub etib, Paolo Vanolining jamoa bosh murabbiyligiga qaytishini ishonchli g‘alaba bilan nishonladi.
Murabbiy uchrashuvdan keyin jamoada ishni nimadan boshlaganini tushuntirdi.
«Qaytganimda ochiq aytdim: biz jamoa emas edik va maydonda ham jamoadek harakat qilmayotgandik. Avvalo, ko‘p gol o‘tkazib yuborayotganimizga e’tibor qaratdim. Ixcham harakat qilish, yuqori pressing va hal qiluvchi vaziyatlarda o‘yinni to‘g‘ri o‘qiy bilish — ishni mana shulardan boshladim. Bugun darvozamiz daxlsiz qolgani ijobiy belgi», — deya Vanolining so‘zlarini fiorentinacalcio.it keltirdi.













