Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

«Inter» Chalxanogluga maoshi kamaytirilgan yangi shartnoma taklif qiladi

«Inter» Chalxanogluga maoshi kamaytirilgan yangi shartnoma taklif qiladi

Baho:
+ | -

«Inter» yarim himoyachisi Haqon Chalxanoglu bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda, ammo tomonlar muzokaralarda shoshilmayapti.

Goal portali Tuttosport nashriga tayanib xabar berishicha, muzokaralar davomida Chalxanogluning tez-tez mushak jarohatlari olishi masalasi ham muhokama qilingan.

Navbatdagi muzokaralar chog‘ida «Inter» turkiyalik futbolchiga hozirgi maoshidan kamroq miqdorda yangi shartnoma taklif qilishi kutilmoqda. Ayni paytda Chalxanoglu soliqlardan tashqari yiliga 6,5 million yevro maosh oladi.

Milan klubi futbolchiga «1+1» formatida yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikki yillik shartnoma taklif qilishi mumkin.

Chalxanogluning «Inter» bilan amaldagi kelishuvi 2026/27 yilgi mavsum oxiriga qadar mo‘ljallangan.

Yarim himoyachi «Inter» safida jami 216 ta o‘yin o‘tkazib, 52 ta gol urgan va 39 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 13:05, 16.09.2026.
O'qildi: 538 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик