«Benfika» markaziy himoyachisi Tomash Araujo «Real» va «Bavariya» qiziqish doirasiga tushdi.
Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, 24 yoshli portugaliyalik futbolchini Madridning «Real» va Myunxenning «Bavariya» klublari kuzatib bormoqda.
Avvalroq Araujoga yozgi transfer oynasida «Milan» ham qiziqish bildirgan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «Benfika» himoyachisini sotishdan taxminan 40 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Araujoning lissabonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 30 million yevro deb baholamoqda.













