Turinning «Yuventus» klubida ijara asosida o‘ynayotgan nemis hujumchisi Nik Voltemade Bundesligaga qaytishi mumkin.
Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchiga Myunxenning «Bavariya» klubi qiziqish bildirmoqda. Germaniya chempioni Voltemadeni angliyalik hujumchi Xarri Keynga ehtimoliy o‘rinbosar sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Nikning to‘liq transferi «Nyukasl»ga tegishli. «Yuventus» futbolchini «qirqqutlar»dan joriy mavsum oxiriga qadar ijaraga olgan.
Joriy mavsumda Germaniyalik hujumchi Italiya chempionatida ikki uchrashuvda maydonga tushdi va samarali harakatlarni amalga oshirmadi.













