Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Mikel Merino Angliya Liga kubogining «Ipsvich Taun»ga qarshi (4:2) o‘yinida jamoa sardori bo‘lgani haqida fikr bildirdi. Merino ushbu uchrashuvda gol ham urdi.
«Men uchun bu juda katta sharaf. Bunday maqomda klub sharafini himoya qilish va sardorlik bog‘ichini taqishdan juda faxrlanaman — axir mendan oldin bu bog‘ichni ko‘plab afsonalar taqishgan. Men baxtliman va klub sharafini munosib himoya qilish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilishga harakat qilaman. Bu bog‘ichni taqish nimani anglatishini juda yaxshi tushunaman, shuning uchun chinakam xursandman.
Mening golim jarima maydoni oldidagi yaxshi jamoaviy harakatlarning natijasi bo‘ldi: to‘pni qabul qilib olgach, uni birinchi teginishda yaxshi nazorat qildim va darvozabon yetib bora olmaydigan tarzda zarba berdim. Bundan juda-juda xursandman — har doim gol urish yoqimli, va men gol urishda davom etmoqchiman», — deya Merinoning so‘zlarini klubning rasmiy sayti keltirdi.













