Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Madueke «Arsenal»ni vaqtincha tark etishi mumkin

Madueke «Arsenal»ni vaqtincha tark etishi mumkin

Baho:
+ | -

«Arsenal» vinger Noni Maduekeni yanvar oyida ijaraga berish variantini ko‘rib chiqishga tayyor. «Yuventus» esa futbolchining vaziyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

23 yoshli angliyalik futbolchi Mikel Arteta jamoasidagi rotasiyada o‘z o‘rnini yo‘qotgan. U joriy mavsumdagi 6 ta o‘yindan 4 tasida maydonga tushib, jami taxminan 100 daqiqa harakat qildi.

London klubi futbolchining transfer qiymati pasayib ketishini istamaydi. Shu sabab «Arsenal» Maduekega yuqori saviyada, jumladan yevrokuboklarda ham muntazam o‘yin amaliyoti kafolatlaydigan klubga uni ijaraga berishga tayyor.

Maduekening «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyiga qadar mo‘ljallangan.

«Yuventus» futbolchini ijaraga olishga nafaqat taktik, balki moliyaviy sabablarga ko‘ra ham qiziqmoqda. Turin klubi katta transferlarni amalga oshirish uchun avval futbolchilar sotishi kerak bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, «Atletiko» ham Madueke ijarasiga qiziqish bildirmoqda. Ayniqsa, «Arsenal» kelishuvga futbolchini bozor qiymatidan pastroq summaga sotib olish huquqini kiritishga rozi bo‘lsa, madridliklarning qiziqishi yanada kuchayishi mumkin.

Kiritildi: 16:17, 16.09.2026.
O'qildi: 787 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик