«Barselona» himoyachisi Pau Kubarsi «Levante»ga qarshi 4:2 hisobidagi g‘alabadan keyin noxush voqeaga duch keldi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, bir muxlis qo‘riqlash xizmatini chetlab o‘tib, maydonga yugurib chiqqan va 19 yoshli futbolchi tomon borib, uni qo‘pol tarzda ushlab olgan.
Vaziyatga xavfsizlik xizmatining uch nafar xodimi aralashdi. Ular tartibbuzarni maydondan olib chiqib ketdi.













