«Manchester Siti» darvozaboni Janluiji Donnarumma Enso Mareska boshchiligidagi joriy mavsumni «o‘tish mavsumi» deb atashlariga munosabat bildirdi.
Ayni paytda «shaharliklar» Angliya Premyer-ligasida 4 ta o‘yindan 12 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.
«Menga «o‘tish mavsumi» degan ibora unchalik yoqmaydi. Klubning maqsadi — g‘alaba qozonish. Jamoaning maqsadi ham — g‘alaba qozonish. Biz buning uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.
Mavsumni sovrinlar bilan yakunlashimiz ham mumkin, hech narsasiz qolishimiz ham mumkin. Ammo eng muhimi — g‘oliblik mentaliteti. Maydonga chiqib, imkon qadar barcha musobaqalarda g‘alaba qozonishga harakat qilishimiz kerak», — dedi Donnarumma.













