«Real» hujumchisi Kilian Mbappe La Liga 6-turida «Elche»ga qarshi safar o‘yinida jamoasining 3:2 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
27 yoshli fransuz uchrashuvning 33-daqiqasida gol urdi. Shuningdek, 90+1-daqiqada Karlos Espining g‘alaba goliga assistentlik qildi.
Mbappe joriy mavsumda barcha musobaqalarda 8 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta golli harakat qayd etdi — 8 ta gol va 2 ta golli uzatma.













