«Bavariya» vingeri Luis Dias Myunxen klubida bir yildan ortiq vaqtdan beri to‘p tepmoqda. Biroq kolumbiyalik futbolchi hali ham til to‘sig‘i bilan bog‘liq ayrim qiyinchiliklarga duch kelayotganini tan oldi.
«Til, shubhasiz, menda muammo tug‘dirayotgan kam sonli jihatlardan biri. Bunga moslashish unchalik oson emas.
Ammo qolgan barcha narsadan mamnunman. Shahar ajoyib. Agar vaqting bo‘lsa, bu yerda juda ko‘p narsa bilan shug‘ullanish mumkin. Men bu yerda juda baxtliman», — deya Diasning so‘zlarini Goal nashri Sky'ga tayanib keltirdi.
Luis Dias «Bavariya» safida hozirgacha 57 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 27 ta gol urdi va 23 ta golli uzatma amalga oshirdi.













