«Manchester Yunayted»ning yangi stadioni faqat 2035 yilda ochilishi mumkin. Rasmiy hujjatlarga ko‘ra, qiymati 2 milliard funtdan ortiq bo‘lgan loyiha Trafford-Uorfsayd hududini rivojlantirish rejasining birinchi bosqichiga (2025–2030) kiritilmagan. U ikkinchi bosqichga kiritilgan bo‘lib, uni amalga oshirish muddati 2031–2035 yillarga mo‘ljallangan.
Klub 100 ming tomoshabinga mo‘ljallangan stadionda Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tadigan 2035 yilgi ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati finalini qabul qilishga umid qilmoqda. Biroq loyiha oldida jiddiy to‘siqlar mavjud, ularning asosiysi — moliyalashtirish masalasi.
Yangi stadion loyihasining ijrochi direktori Kollett Rosh avvalroq klub ochilishning aniq sanasini belgilamaganini, ammo ishlar reja bo‘yicha ketayotganini aytgan edi. Uning ta’kidlashicha, yer maydonlarini tayyorlash, moliyalashtirish va zarur ruxsatnomalarni olish uchun bir-ikki yil ketadi, shundan so‘ng to‘rt-besh yillik qurilish jarayoni boshlanadi.
Loyiha «Foster end Partners» arxitektura kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.













