Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Din Xenderson «Kristal Pelas» bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirdi

Din Xenderson «Kristal Pelas» bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirdi

Baho:
+ | -

Angliyaning «Kristal Pelas» klubi rasmiy saytida darvozabon Din Xenderson bilan shartnoma uzaytirilganini ma’lum qildi.

«Kristal Pelas» Yevropa sovrinini qo‘lga kiritgan kapitanimiz Din Xenderson klub bilan yangi shartnoma imzolaganini mamnuniyat bilan ma’lum qiladi. Leypsigda UYEFA Konferensiyalar ligasi kubogini boshi uzra ko‘targan va ko‘p o‘tmay Angliya terma jamoasiga so‘nggi 60 yildagi jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijani qayd etishga yordam bergan asosiy darvozabon klubdagi kelajagini 2030 yilgacha «Pelas» bilan bog‘ladi.

Xenderson 2023 yil avgust oyida «Manchester Yunayted»dan «Pelas»ga o‘tganidan buyon klub safida 119 ta o‘yin o‘tkazdi va 38 marta o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Shuningdek, u Angliya terma jamoasi safida besh marta maydonga tushdi.

«Men juda xursandman. Bu ajoyib uch yil bo‘ldi va shartnomamni uzaytirganimdan juda mamnunman. Eng yaxshi yillarim hali oldinda va ularni «Kristal Pelas»ga bag‘ishlashdan baxtiyorman», — dedi Xenderson.

Kiritildi: 18:52, 16.09.2026.
O'qildi: 912 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик