Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Kroos nemis futbolchilariga hazil qildi

Kroos nemis futbolchilariga hazil qildi

Baho:
+ | -

Sobiq futbolchi Toni Kroos Germaniya terma jamoasining uch nafar futbolchisini hazil bilan «nishonga oldi». Bu voqea Einfach Mal Luppen podkastida sodir bo‘ldi.

Kroosdan Germaniya terma jamoasining yaqindagi yig‘iniga chaqirilishi mumkin bo‘lgan futbolchilardan uch nafarini aytish so‘raldi. Shartga ko‘ra, u 2026 yilgi jahon chempionatida terma jamoa tarkibida bo‘lgan futbolchilarni tilga olmasligi kerak edi.

«Men jahon chempionatida ishtirok etmagan uch nafar futbolchini aytaman: Musiala, Virs va Pavlovich», — dedi Kroos.

Biroq bu uch futbolchining ham jahon chempionati tarkibida bo‘lganini yaxshi bilgan Feliks akasi ataylab hazil qilayotganini bir necha soniyadan so‘ng tushundi.

«Nima? Ular qaysi jahon chempionatida ishtirok etmagan? A-a, ular ko‘zga tashlanmagan, demoqchimisiz?» — dedi Feliks hazil bilan.

Kiritildi: 19:26, 16.09.2026.
O'qildi: 958 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик