Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Potter Dyokereshning "Arsenal"dagi qiyin davriga munosabat bildirdi

Potter Dyokereshning "Arsenal"dagi qiyin davriga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Shvesiya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Potter mavsum boshida qiyinchiliklarga duch kelayotgan "Arsenal" hujumchisi Viktor Dyokereshni qo‘llab-quvvatladi.

28 yoshli forvard Angliya Premyer-ligasining dastlabki 4 turida jami 12 daqiqa maydonda harakat qildi va Mikel Arteta jamoasidagi asosiy tarkib o‘rnini yo‘qotdi.

O‘tgan mavsumda esa Dyokeresh 21 ta gol bilan "Arsenal"ning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan va jamoa bilan Angliya chempioniga aylangan.

Potter hozirgi vaziyatni jiddiy muammo deb hisoblamaydi.

"Bunday holatlar bo‘lib turadi. Hayotda bo‘lgani kabi, hamma narsa goh yuqoriga, goh pastga ketadi. Vaziyat juda tez o‘zgarishi mumkin.

Ba’zan muhitni o‘zgartirish futbolchiga yordam beradi. Biz Viktorni intiqlik bilan kutyapmiz va unga futboldan yana zavq olishga yordam beramiz", — dedi Potter.

Shvesiya terma jamoasi 25 sentyabr kuni Millatlar ligasida Ruminiyaga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 21:36, 16.09.2026.
O'qildi: 828 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик