Osiyo chempionlar ligasi-2 musobaqasi "A" guruhi 1-turi doirasida «Nasaf» safarda Bahraynning «Al-Xolidiya» jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Bahsda jamoalar darvozalar daxlsizligini saqlab qoldi — 0:0.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida ehtiyotkorlik ustun bo‘ldi. 25-daqiqalarga kelib esa o‘yin sur’ati oshdi. «Nasaf» futbolchisi Rustamovning kuchli zarbasini raqib darvozaboni qaytarib qoldi.
Ko‘p o‘tmay, «Al-Xolidiya» ham xavfli hujum tashkil qildi. Biroq «Nasaf» darvozaboni Umarbek jamoasini qutqarib qoldi.
Tanaffusdan keyin ham jamoalar uzoq vaqt davomida aniq golli vaziyat yarata olmadi. 58-daqiqada «Nasaf» darvozaboni Abduvohid muhim seyv qayd etib, raqibning xavfli hujumiga nuqta qo‘ydi.
Biroz o‘tib, «Nasaf» javob hujumida golga yaqin keldi. Eshmurodovning zarbasidan so‘ng to‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi.
Uchrashuvning 75-daqiqalarida yana bir qisqa «cooling break» e’lon qilindi. Shundan so‘ng «Nasaf» tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi: Komilov va Abdixoliqov maydonni tark etdi, ularning o‘rniga Berdirahmonov va Otubanjo tushdi.
Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda qarshiliklar yaxshi hujum tashkil etishdi, ammo kombinasiya aniq zarbagacha yetib bormada. Shu tariqa uchrashuvda hisob ochilmadi.
OCHL-2. "A" guruhi, 1-tur. 16 sentyabr.
«Al-Xolidiya» - «Nasaf» - 0:0
«Nasaf»: Abduqohid Ne’matov, Alibek Davronov, Akrom Komilov, G‘olib G‘aybullayev, Adenis Shala, Zafar Abdurahmatov, Bobur Abduxoliqov, Sharof Muhitdinov, Oybek Rustamov, Abbos G‘ulomov, Umarbek Eshmurodov













