Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Flik davrida «Barselona» 42-marta kamida uch gol farqi bilan g‘alaba qozondi

Flik davrida «Barselona» 42-marta kamida uch gol farqi bilan g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Xansi Flik boshchiligidagi «Barselona» navbatdagi yirik g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Kataloniyaliklar La Liga doirasida «Rasing»ni 7:2 hisobida tor-mor qildi. Bu «Barselona»ning nemis mutaxassisi qo‘l ostida kamida uch gol farqi bilan qozongan 42-g‘alabasi bo‘ldi. Jamoa bunga 124 ta uchrashuvda erishdi.

Flik davrida «Barsa» «Valensiya»ni to‘rt marta — 7:1, 5:0, 6:0 va 5:0 hisoblarida yirik mag‘lub etgan. «Atletik» 3:0, 4:0 va 5:0, «Malyorka» 5:1, 3:0 va 3:0, «Sevilya» esa 5:1, 4:1 va 5:2 hisoblarida yengilgan.

Shuningdek, kataloniyaliklar «Real»ni ikki marta — 4:0 va 5:2, «Jirona»ni 4:1 va 4:1, «Vilyarreal»ni esa 5:1 va 4:1 hisoblarida tor-mor qilgan.

«Barselona» Flik qo‘l ostida, shuningdek, «Feyenoord»ni 5:1, «Valyadolid»ni 7:0, «Yang Boyz»ni 5:0, «Alaves»ni 3:0, «Bavariya»ni 4:1, «Srvena Zvezda»ni 5:2, «Brest»ni 3:0, «Barbastro»ni 4:0, «Betis»ni 5:1, «Real Sosyedad»ni 4:0, «Borussiya»ni 4:0, «Olimpiakos»ni 6:1, «Ovyedo»ni 3:0, «Kopengagen»ni 4:1, «Levante»ni 3:0, «Xetafe»ni 3:0, «Osasuna»ni 3:0, «Atletiko»ni 3:0, «Nyukasl»ni 7:2, «Espanyol»ni 4:1, «Elche»ni 5:0 va «Rayo Valyekano»ni 5:2 hisobida yirik mag‘lub etgan.

Xansi Flik «Barselona»ni 2024 yildan buyon boshqarib kelmoqda.

Kiritildi: 02:46, 17.09.2026.
O'qildi: 716 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик