«Barselona» La Liganing dastlabki olti turidan so‘ng turnir jadvalida peshqadamlik qilishda davom etmoqda.
Kataloniyaliklar hozirga qadar mumkin bo‘lgan maksimal natijani qayd etib, 18 ochko jamg‘ardi.
«Real» «Barselona»dan 3 ochko ortda bormoqda. «Atletiko» va «Sevilya»ning peshqadamdan ortda qolishi 5 ochkoni tashkil etmoqda. Birta zaxira o‘yiniga ega «Betis» esa kataloniyaliklardan 6 ochko kam jamg‘argan.
Quyi ligaga tushib ketish zonasida 3 ochkoga ega «Malaga», 2 ochko jamg‘argan «Vilyarreal» va olti turdan so‘ng 2 ochkoga ega «Elche» joylashgan.
«Malaga» va «Vilyarreal» payshanba kuni o‘zaro bahs olib boradi.














