«Brayton» Angliya Liga kubogining 3-bosqichida «Manchester Yunayted»ni 3:2 hisobida mag‘lub etib, musobaqadan chiqarib yubordi.
Bu jamoaning joriy mavsum Liga kubogidagi birinchi va so‘nggi uchrashuvi bo‘ldi.
«Manchester Yunayted» o‘tgan mavsumda ham ushbu musobaqada dastlabki o‘yinidan so‘ng chiqib ketgan edi. O‘shanda mankunianliklar 2-bosqichda «Grimsbi» bilan asosiy vaqtda 2:2 hisobida durang o‘ynab, penaltilar seriyasida 11:12 hisobida mag‘lub bo‘lgan.













