«Manchester Siti» texnik direktori Ugu Viana Enso Fernandes hamda jamoaning yozdagi boshqa yangi futbolchilari haqida fikr bildirdi.
«Shuni unutmaslik kerakki, biz yarim himoyada juda muhim futbolchilarni — Rodri va Bernardu Silva kabi o‘yinchilarni yo‘qotdik. Ensoda nafaqat yuqori o‘yin sifati, balki biz uchun muhim bo‘lgan xarakter va mentalitet ham bor.
Mareska u bilan “Chelsi”da ishlagan va uni juda yaxshi biladi. Ammo biz ham Enso o‘yin vaqtida jamoaga nimalar bera olishiga to‘liq ishonamiz.
U “Manchester Siti”ga kelganiga atigi uch hafta bo‘ldi, ammo go‘yo bu yerda bir-ikki yildan beri o‘ynayotgandek taassurot qoldirmoqda.
Biz aynan shu pozisiya uchun shunday mentalitetga ega futbolchi qidirayotgan edik. Chunki Rodri va Bernardu so‘nggi o‘n yilda jamoada juda muhim rol o‘ynadi.
Barchamiz Enso, Buaddi va Anderson ham kelajakda Rodri va Bernardu singari muhim futbolchilarga aylanishiga ishonamiz», — dedi Viana klub mediasi uchun bergan intervyusida.













