Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

Lamin Yamal faoliyatidagi rekord golli seriyani takrorladi

Lamin Yamal faoliyatidagi rekord golli seriyani takrorladi

Baho:
+ | -

«Barselona» vingeri Lamin Yamal La Liganing «Rasing»ga qarshi 7:2 hisobida yakunlangan uchrashuvida gol urib, o‘zining golli seriyasini davom ettirdi.

19 yoshli futbolchi birinchi bo‘lim oxirida penaltidan foydalana olmadi, ammo ikkinchi bo‘limda o‘yindan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. U 89-daqiqada uchrashuvdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Yamal faoliyatida ikkinchi bor ketma-ket beshta uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Bunga qadar u «Rayo Valyekano» va «Valensiya»ga qarshi ikkitadan, «Feyenoord»ga bitta va «Levante»ga qarshi yana ikkita gol urgan edi.

Ushbu beshta o‘yinlik seriya davomida ispaniyalik futbolchi jami 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.

«Barselona» esa La Liganing dastlabki olti turidan so‘ng ham ochko yo‘qotgani yo‘q — jamoa 18 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 03:41, 17.09.2026.
O'qildi: 1002 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик