Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon

Koke «Osasuna» ustidan yirik g‘alaba va «Real»ga qarshi derbi haqida gapirdi

Koke «Osasuna» ustidan yirik g‘alaba va «Real»ga qarshi derbi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Atletiko» yarim himoyachisi Koke La Liganing 8-turida «Osasuna» ustidan 4:0 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi.

Jamoa haqida:

«Safimizga yuqori saviyali futbolchilar keldi. Tarkibimiz juda kuchli. Jamoa ajoyib o‘yin o‘tkazdi va biz aynan shunga — yuqori raqobat va o‘sishga intilishimiz kerak.

Yaqinda 3:0 hisobida g‘alaba qozondik, bugun esa 4:0. Biz shu yo‘nalishda davom etishimiz kerak», — dedi Koke.

«Real»ga qarshi bo‘lajak uchrashuv haqida:

«Derbi har doim alohida ahamiyatga ega, ayniqsa, o‘z maydoningda o‘ynasang. Ular bizning shahardagi raqibimiz va biz ularni mag‘lub etishni istaymiz.

Biroq buning uchun hamma ishni juda yaxshi bajarishimiz kerak, chunki “Real” kuchli jamoa. G‘alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qilishga umid qilamiz».

«Atletiko» safidagi 747 ta o‘yini haqida:

«Bu mehnat va ko‘p narsani to‘g‘ri qilganim natijasi. Demak, hali ancha vaqt o‘ynashim kerak. Oldinda yana ko‘plab uchrashuvlar bo‘lishiga umid qilaman.

Eng muhimi — menga qanday vazifa berilmasin, jamoaga foyda keltirish», — dedi Koke.

«Atletiko» ayni paytda 13 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 03:52, 17.09.2026.
O'qildi: 991 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик