«Inter Mayami» klubi egasi Devid Bekxem Lionel Messi bu yil faoliyatidagi to‘qqizinchi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi kerak, deb hisoblaydi.
«Qayronlar» Kampeones kubogi finalida Meksikaning «Krus Asul» klubini 2:0 hisobida mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylandi. Argentinalik yulduz futbolchi avval gol urdi, keyin esa Kazemiroga golli uzatma berdi.
«Messi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi kerak. U jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan, deb aytish mumkin. Shuningdek, u o‘tgan mavsumni ham juda yaxshi o‘tkazdi. Jahon chempionatida u ko‘rsatgan darajada ta’sir o‘tkaza olish... 39 yoshida bunday natijaga boshqa hech kim erisha olmasdi», — deya Bekxemning intervyudagi so‘zlarini All About Argentina nashri keltiradi.
«Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.













