Ispaniyalik hujumchi Alvaro Morata Lamin Yamalning salohiyatini yuqori baholaydi. Uning fikricha, yosh futbolchi ko‘pchilik o‘ylagandan ancha aqlliroq.
«U ko‘pchilik o‘ylagandan ko‘ra aqlliroq va mehnatkashroq. Uning kuchi faqat iste’dodida emas, eng avvalo, aqli va o‘yinlarga qanday tayyorlanishida. Ko‘pchilik uni aynan shunday qabul qiladi, deb o‘ylamayman. U raqiblar va o‘yinlarni tahlil qiladi va mening nazarimda, bu borada unga teng keladigan futbolchi yo‘q. U hali uzoq vaqt davomida shu darajada bo‘ladi», — deya Morataning so‘zlarini derbyderbyderby.it nashri keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, Lamin Yamal 2023 yil aprelidan buyon Kataloniyaning «Barselona» klubi safida to‘p tepib kelmoqda. U klubdagi debyutini 15 yoshida amalga oshirgan.













