Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Messi sovrinlar soni bo‘yicha Ronaldudan farqni yana oshirdi

Messi sovrinlar soni bo‘yicha Ronaldudan farqni yana oshirdi

Baho:
+1 | -

Campeones Cup uchun kechgan bahsda Lionel Messi to‘p surayotgan "Inter Mayami" Meksikaning "Krus Asul" klubini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Ushbu sovrin 39 yoshli argentinalik hujumchining professional faoliyatidagi 49-trofey bo‘ldi.

Shu tariqa, Messi sovrinlar soni bo‘yicha 41 yoshli Krishtianu Ronaldudan farqni yana oshirdi. "Real" va "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi hisobida 38 ta sovrin bor. Ayni paytda portugaliyalik hujumchi Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi sharafini himoya qilmoqda.

Lionel Messi "Inter Mayami" safiga 2023 yilda qo‘shilgan. Argentinalik futbolchining Florida klubi bilan shartnomasi 2028 yil dekabriga qadar amal qiladi.

Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 10:02, 17.09.2026.
O'qildi: 1356 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик