"Barselona" qanot himoyachisi Joau Kanselu La Liganing "Rasing"ga qarshi 7:2 hisobida yakunlangan uchrashuvida urgan goliga baho berdi.
Aynan portugaliyalik futbolchi 8-daqiqada hisobni ochib, yirik g‘alabaga start berdi. 32 yoshli Kanselu jarima maydoni tashqarisidan kuchli va aylanma zarba yo‘lladi, to‘p to‘singa tegib darvoza to‘ridan joy oldi.
"Bu butun faoliyatimdagi eng yaxshi gol! Uni yanada alohida qiladigan jihat — bu golni "Barselona" safida urganim", — dedi Kanselu.
Joau Kanselu avgust oyida Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubidan erkin agent sifatida "Barselona"ga qaytgan edi.
U o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida ham kataloniyaliklar safida ijara asosida to‘p surgan.













