"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaning yorqin startdan keyin pasayishga uchrashi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
Kataloniyaliklar chorshanba kuni "Rasing"ni 7:2 hisobida tor-mor qildi. Shu tariqa, "Barselona" klub tarixida ilk bor mavsumdagi dastlabki yettita uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi. Jamoa bu o‘yinlarda jami 33 ta gol urdi.
— Hozir jamoa yuqori formada. Sentyabrda cho‘qqiga chiqib, keyin pasayish bo‘lishidan qo‘rqmaysizmi?
"Yo‘q. Biz imkon qadar ko‘proq ochko to‘plashda davom etamiz", — dedi Flik matbuot anjumanida.
Nemis mutaxassisi erishilgan natijalardan mamnun ekanini bildirgan bo‘lsa-da, jamoadan hali yanada o‘sish kutayotganini ham ta’kidladi.
"Barselona" La Liganing olti turidan so‘ng 18 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Kataloniyaliklar ikkinchi o‘rindagi "Real"dan uch ochko oldinda bormoqda.













