"Real" darvozaboni Tibo Kurtua 2026 yilgi "Oltin to‘p" sovrinini kim qo‘lga kiritishi haqidagi fikrini bildirdi.
Belgiyalik futbolchi jamoadoshi Kilian Mbappeni qo‘llab-quvvatladi.
"Oltin to‘p"ni kim oladi? Kilian Mbappe!" — dedi Kurtua.
Eslatib o‘tamiz, Mbappe 2026 yilgi "Oltin to‘p" uchun nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan. Sovrinni topshirish marosimi oktyabr oyida bo‘lib o‘tadi.













