O‘zbekiston Kubogining chorak final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Natijada 1/4 finalning barcha juftliklari aniqlandi.
Chorak finalda "Neftchi" "Lokomotiv"ga qarshi maydonga tushadi. OKMK "Guliston" bilan, "So‘g‘diyona" "Andijon" bilan, "Navbahor" esa "G‘azalkent" bilan kuch sinashadi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, "Neftchi" — "Lokomotiv" juftligi g‘olibi yarim finalda "So‘g‘diyona" — "Andijon" bahsi g‘olibi bilan uchrashadi.
Setkaning ikkinchi qismida esa OKMK — "Guliston" uchrashuvi g‘olibi "Navbahor" — "G‘azalkent" juftligi g‘olibiga qarshi final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.














