Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Superligada bugun 22-tur start oladi

Superligada bugun 22-tur start oladi

Baho:
+ | -

Bugun, 17 sentyabr kuni O‘zbekiston Superligasida 22-tur bahslariga start beriladi.

Turning dastlabki uchrashuvida "Navbahor" o‘z maydonida Samarqandning "Dinamo" jamoasini qabul qiladi. Bahs soat 18:00 da boshlanadi. Ushbu uchrashuv dastlab 19 sentyabrga belgilangan edi, ammo klublar kelishuvidan so‘ng 17 sentyabrga ko‘chirildi.

21 turdan so‘ng "Neftchi" 48 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Paxtakor" 46 ochko bilan ikkinchi, "Navbahor" esa 41 ochko bilan uchinchi o‘rinda. "Dinamo" 30 ochko jamg‘argan va 9-pog‘onadan joy olgan.

22-turning qolgan bahslari 19–21 sentyabr kunlari o‘tkaziladi. 19 sentyabrda "Mash’al" — "Paxtakor" va "Bunyodkor" — "Buxoro", 20 sentyabrda "Andijon" — "Nasaf", "Surxon" — "Qo‘qon-1912", "So‘g‘diyona" — OKMK hamda "Lokomotiv" — "Neftchi" uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Turga 21 sentyabr kuni "Xorazm" — "Qizilqum" bahsi yakun yasaydi. 

Kiritildi: 11:54, 17.09.2026.
O'qildi: 1280 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик