Myunxenning «Bavariya» klubi rahbariyati angliyalik markaziy hujumchi Xarri Keyn vakillari bilan yangi shartnoma imzolash bo‘yicha muzokara olib bormoqda.
Insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, tomonlar amaldagi kelishuvni 2029 yilgacha uzaytirish variantini ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, 2030 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma tuzilishi ham istisno etilmayapti.
Keyn «Bavariya» safiga 2023 yil yozida Londonning «Tottenxem» klubidan kelib qo‘shilgan. Uning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Hujumchining bozor qiymati 60 million yevroga baholanmoqda.
33 yoshli angliyalik futbolchi o‘tgan mavsum Bundesligada 31 ta uchrashuv o‘tkazib, 36 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.













