Joriy yilning 2–6 oktyabr kunlari futbol bo‘yicha Mirabror Usmonov xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.
"Mirabror Usmonov kubogi-2026" musobaqasida 20 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni, Armaniston va Rossiya terma jamoalari ishtirok etadi.
Turnir davomida to‘rt jamoa o‘zaro bahs olib borib, yosh futbolchilar uchun xalqaro maydonda tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Musobaqa 2 oktyabr kuni start olib, 6 oktyabrga qadar davom etadi.














