Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 15:00 Adelaida Yun. 3-0 Tay Po
17/09 15:00 Lion Siti Seylors 1-1 Pathum Yunayted
17/09 15:00 Matida Zelviya 2-0 Svay Rieng
17/09 17:15 Shanghai Shenhua 2-1 Tampines Rovers
17/09 17:15 Kitchi 0-0 Kangvon
17/09 17:15 Pnompen Kraun 2-1 Kuching Siti
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa - Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol - Elche
19/09 00:00 Brentford - Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona

«Chelsi» klub rahbariyatidagi o‘zgarishlar fonida bayonot berdi

«Chelsi» klub rahbariyatidagi o‘zgarishlar fonida bayonot berdi

Baho:
+2 | -

Londonning «Chelsi» klubi rahbariyatdagi o‘zgarishlar fonida rasmiy bayonot e’lon qildi. Bir kun avval amerikalik biznesmen Todd Bouli klub direktorlar kengashi raisi lavozimini tark etgan edi.

«Kechagi kun «Chelsi» tarixida muhim bosqich va yangi sahifaning boshlanishi bo‘ldi. Biz klubni tark etayotgan hamkorlarimizga minnatdorlik bildiramiz va ularning «Chelsi» rivojiga qo‘shgan hissasini yuksak qadrlaymiz.

Endi biz umumiy maqsad, aniq yo‘nalish va kelajakka ishonch bilan oldinga harakat qilamiz. Maqsadlarimiz ravshan: eng yuqori darajada raqobatlashish, yirik sovrinlarni qo‘lga kiritish va barqaror muvaffaqiyatga erishish.

«Chelsi» muxlislari — klubning yuragi. Ular 120 yildan ortiq vaqt davomida uning haqiqiy posbonlari bo‘lib kelmoqda. Klubga egalik qilish mas’uliyati bizda bo‘lsa-da, bu har doim sizning klubingiz bo‘lib qoladi. Biz sizlarni tinglashga va maydonda ham, uning tashqarisida ham faxrlanishingiz mumkin bo‘lgan «Chelsi»ni barpo etishga intilamiz.

Maydondagi muvaffaqiyat doimo asosiy ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi. Bu Premyer-liga va boshqa yirik musobaqalarda g‘oliblik uchun kurashishni, shuningdek, jamoaga muntazam sarmoya kirita olishimiz uchun klubning tijoriy salohiyatini mustahkamlashni anglatadi.

Shuningdek, «Chelsi»ning kelajakdagi infratuzilmasiga ham e’tibor qaratamiz. Oqilona sarmoya kiritib, kelgusi avlodlar uchun eng to‘g‘ri va uzoq muddatli yechimlarni izlaymiz.

Biz «Chelsi» nimalarga erisha olishi borasida katta ambisiyalarga egamiz. Shu bilan birga, bunday buyuk klubni boshqarish zimmamizga katta mas’uliyat yuklashini ham yaxshi anglaymiz.

«Chelsi»ning birgalikda oldinga harakat qilishi uchun ishlashda davom etamiz», — deyiladi klub egalari nomidan berilgan bayonotda.

Kiritildi: 13:42, 17.09.2026.
O'qildi: 646 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик