«Inter» sardori Lautaro Martines yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlarida «Barselona» qiziqish doirasiga tushgan. Kataloniyaliklar argentinalik hujumchini Xulian Alvaresga muqobil variant sifatida ko‘rib chiqqan.
Biroq Lautaro «Inter»ga bo‘lgan hurmati va sadoqati sabab «Barselona» bilan muzokara o‘tkazishdan bosh tortgan.
“Barselona” tomonidan qiziqish bo‘ldi, ammo men “Inter”da qolishga qaror qildim. Chunki mening bu yerda shartnomam bor, baxtliman va muxlislar meni yaxshi ko‘radi. Oxir-oqibat, men ushbu klub bilan muhim natijalarga erishishda davom etmoqchiman", — dedi Lautaro.
«Inter» prezidenti Beppe Marotta ham futbolchining qarorini yuqori baholadi.
«Lautaroning harakati namunaviy bo‘ldi. U “Barselona” bilan muzokaradan bosh tortib, klubga bo‘lgan katta sadoqatini ko‘rsatdi. Biz uchrashuv o‘tkazdik, ammo muzokaralarni davom ettirish uchun sharoitlar mos kelmadi», — dedi Marotta.













