«Real»ning sobiq futbolchisi Garet Beyl Joze Mourinyuning Madrid klubiga qaytganidan so‘nggi faoliyatini yuqori baholadi va portugaliyalik mutaxassis boshchiligida jamoa yangi sovrinlarni qo‘lga kiritishini istashini bildirdi.
U Sky Sports News nashriga bergan intervyusida futbolda vaziyatlar juda tez o‘zgarishini hazilomuz tarzda ta’kidlab, Mourinyuni buyuk murabbiy deb atadi.
«Mourinyu yana “Real”dami? Futbolda endi hech narsa hayratlantirmaydi (kuladi). Joze — buyuk murabbiy. Unga katta muvaffaqiyatlar tilayman. Umid qilamanki, ular bir nechta sovrinlarni qo‘lga kiritishadi», — dedi Beyl.
Mourinyu 2026/27 yilgi mavsum oldidan rasman «Real» bosh murabbiyi lavozimiga qaytdi. Madridliklar La Liganing dastlabki 6 turida 15 ochko jamg‘ardi. Jamoa so‘nggi uchrashuvda «Elche»ni mag‘lub etdi.













