UFC yengil vazn toifasi jangchisi Arman Sarukyan xokkey bilan shug‘ullangani haqida so‘zlab berdi. Sarukyan 18 yoshigacha Xabarovskda «Amur» jamoasida o‘ynagan.
«Xokkeychi bo‘lishni istaganman. Orzuim AQSHga borib, NXLda o‘ynash edi. Ammo yaxshi xokkeychi bo‘la olmadim va ishlay boshladim. Ishlash menga yoqmasdi, shuning uchun jangchi bo‘ldim. Janglar tufayli hozir AQSHdaman va dunyodagi eng yaxshi ligada ishtirok etyapman.
Xokkeydagi faoliyatim juda yaxshi kechayotgan edi. Men xokkeyni yaxshi ko‘raman va vaqtim bo‘lsa, hozir ham ba’zida o‘ynayman. Xokkeychilardan Aleksandr Ovechkin menga yoqadi», — dedi Sarukyan.
20 sentyabrga o‘tar kechasi UFC 331 turnirida Sarukyan Maurisio Ruffiga qarshi jang o‘tkazadi.













