«Liverpul» qishki transfer oynasida «Monako» yarim himoyachisi Lamin Kamarani o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Football Insider ma’lumotiga ko‘ra, mersisaydliklar markaziy chiziqdagi muammolarni hal qilish maqsadida senegallik futbolchi transferini amalga oshirmoqchi.
Manba ta’kidlashicha, «Liverpul» yozgi transfer oynasida ham yangi yarim himoyachi sotib olishni istagan, ammo bu rejani amalga oshira olmagan.
Ayni paytda Kamara yanvar oyi uchun «Liverpul»ning transfer ro‘yxatida yuqori o‘rinlardan birini egallab turibdi.
22 yoshli futbolchi 2026/27 yilgi mavsumda barcha musobaqalar doirasida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Transfermarkt portali Lamin Kamaraning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.













