Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

Mbappe Seuta aholisini qo‘llab-quvvatlovchi yozuvni nega futbolkasida yashirganini tushuntirdi

Mbappe Seuta aholisini qo‘llab-quvvatlovchi yozuvni nega futbolkasida yashirganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe «Elche»ga qarshi Ispaniya chempionatining 6-tur uchrashuvi (2:3) oldidan o‘tkazilgan aksiya vaqtida Seuta aholisini qo‘llab-quvvatlovchi yozuvni nega futbolkasida qisman yashirganini tushuntirdi.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe, Vinisius Junior va Ibraima Konate Seuta aholisini qo‘llab-quvvatlovchi yozuv tushirilgan futbolkalarni kiyishgan. Biroq ular futbolkani yarmigacha berkitishgani sababli yozuv to‘liq ko‘rinmagan. Shuningdek, Mbappe va Vinisius «Real» futbolchilari orasida birinchi bo‘lib futbolkalarini yechishgan.

«Bu klubning qarori edi. Futbolchilar futbolkalarni kiyishlari kerak edi.

Aytishim kerak bo‘lgan birinchi narsa — men Seuta va jabrlanganlarning barchasini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Chunki men nafaqat futbolchi, balki inson hamman. Shu bilan birga, halok bo‘lgan yoki og‘ir sharoitlarda yashayotgan barcha muhojirlarni qo‘llab-quvvatlashga ham e’tibor qaratmoqchi edim.

Men qiyin vaziyatga tushib qoldim, chunki odamlar meni Seuta aholisiga nisbatan dushmanlik kayfiyatida deb o‘ylashlari mumkin edi. Ammo aslida unday emas. Men ularga qarshi emasman va ularning pozisiyasini 100 foiz qo‘llab-quvvatlayman. Lekin men aziyat chekayotgan barcha insonlar haqida ham o‘ylashni xohladim. Chunki men insonman va bir kishining azobini boshqa birovnikidan ustun qo‘yishni istamayman.

Dunyoda aziyat chekayotgan insonlar bor va buni ko‘rish menga juda og‘ir. Men biz yashayotgan dunyo uchun yaxshiroq kelajakni istaydigan insonman. Ijobiy signal yubormoqchiman va ushbu vaziyat tez orada hal bo‘lishidan umid qilaman», — deya Mbappening so‘zlarini keltiradi AS.

Manba: championat.com
Kiritildi: 22:03, 17.09.2026.
O'qildi: 1106 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик