Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton 1-0 Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl 2-1 Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma 2-2 Inter
19/09 21:30 Selta 5-0 Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest 0-1 Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya 0-2 Lasio
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum

Yaponiyadagi Osiyo o‘yinlari vaqtida kuchli bo‘ron kuzatilishi mumkin — Reuters

Yaponiyadagi Osiyo o‘yinlari vaqtida kuchli bo‘ron kuzatilishi mumkin — Reuters

Baho:
+ | -

Osiyo o‘yinlari tashkilotchilari musobaqaning dastlabki kunlarida kutilayotgan noqulay ob-havoga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Reuters nashrining xabar berishicha, 21 sentyabr, dushanba kuni Aichi-Nagoya qirg‘oqlariga yopirilishi kutilayotgan to‘fon musobaqalar dasturiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyaning Tinch okeani qirg‘oqlari yaqinida hosil bo‘lgan “Dujuan” bo‘roni Nagoya shahri joylashgan markaziy mintaqa tomon shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda harakatlanmoqda. Bo‘ronning doimiy tezligi soatiga 90 kilometrni tashkil etayotgan bo‘lsa, shamolning kuchayishi 126 km/soatgacha yetishi kutilmoqda.

Yaponiya Olimpiya qo‘mitasi (JOC) ijroiya kengashining yuqori lavozimli a’zosi va musobaqada Yaponiya delegasiyasi rahbari Kosey Inoue payshanba kungi matbuot anjumanida kutilayotgan ob-havo xavfi haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Kuchli yomg‘ir va noqulay ob-havo sababli ba’zi musobaqalar allaqachon kechiktirildi yoki qoldirildi. Qolaversa, 21 sentyabr kuni to‘fon mintaqaga yanada yaqinlashish ehtimoli bor. Hozirgi sharoitdan kelib chiqib, kutilmagan vaziyatlarga to‘liq tayyor turish va to‘g‘ri chora ko‘rish maqsadida Yaponiya Olimpiya qo‘mitasi ichida mutaxassislar bilan yig‘ilishlar o‘tkazyapmiz”, dedi Inoue jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada ham Nagoya va uning atrofidagi hududlarda kuchli jala quygan edi. Oqibatda maktablar yopilib, poyezdlar qatnovi to‘xtatilgan va bir necha yuzlab sportchilar o‘z yashash joylaridan evakuasiya qilingandi.​

Ma’lumot uchun, XX Osiyo o‘yinlari 19 sentyabrdan 4 oktyabrgacha Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning rasmiy ochilish marosimi 19 sentyabr, shanba kuniga belgilangan bo‘lsa-da, futbol, basketbol va voleybol kabi jamoaviy sport turlari bo‘yicha bahslar allaqachon boshlanib ketgan. Turnirda Osiyo olimpiya kengashiga a’zo 45 ta Milliy olimpiya qo‘mitasidan sportchilar va rasmiy delegasiyalar ishtirok etishi kutilmoqda. Turnida 43 ta sport turining 70 ta yo‘nalishida 468 ta medallar jamlanmasi o‘ynaladi. 5-Paraosiyo o‘yinlari esa 18-24 oktyabr kunlari Aichi-Nagoya shahrida o‘tkaziladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:23, 17.09.2026.
O'qildi: 786 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик