«Bornmut» bosh murabbiyi Marko Roze Yevropa ligasi umumiy bosqichi 1-turida «Real Sosyedad» ustidan qozonilgan g‘alabaga izoh berdi.
«Bornmut» birinchi bo‘limni har tomonlama ajoyib o‘tkazdi — pressing, to‘p nazorati va urilgan gollar nuqtayi nazaridan. Hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirishga ham yaqin edik. Ikkinchi bo‘limda biroz qiyinroq bo‘ldi, ammo yakunda munosib g‘alabaga erishdik. Birinchi bo‘lim esa shunchaki ajoyib o‘tdi.
Oson bo‘lmadi, chunki hisob ancha nozik ekanini tushunib turardik. Raqib bir gol ursa, ularda yangi kuch paydo bo‘lishini bilardik va xuddi shunday bo‘ldi. Tribunalar ham bosimni kuchaytirishini bilardik, ammo 2:1 hisobidan keyin qanday himoyalanganimiz va sabr qilganimiz shunchaki ajoyib edi. Bu g‘alaba biz uchun juda muhim edi.
Yevropa ligasida ham o‘z maqsad va vazifalarimiz bor. Biz o‘yinlarda g‘alaba qozonishni va qay darajada raqobatbardosh ekanimizni tekshirishni istaymiz. Hozir yaxshi formada ekanimizni his qilyapmiz. Shuning uchun tayyor ekanimizni amalda ko‘rish juda muhim va yoqimli bo‘ldi», — deya Rozening so‘zlarini UEFA rasmiy sayti keltirdi.
Yevropa ligasi umumiy bosqichi 2-turida «Real Sosyedad» safarda «Yunion»ga qarshi o‘ynaydi, «Bornmut» esa «Shturm» bilan bahs olib boradi. Har ikki uchrashuv 15 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.













