Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekistonning asosiy jamoalari 2-turda ham g‘alabaga erishdi

Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekistonning asosiy jamoalari 2-turda ham g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

Samarqand shahrida davom etayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida 2-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi. O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan jamoalarimiz ushbu turda ham qiziqarli va murosasiz partiyalarni o‘tkazdi.

Quyida jamoalarimizning 2-turda qayd etgan natijalari bilan batafsil tanishing:

Erkaklar o‘rtasidagi bahslar

O‘zbekiston-1 — Peru: 3,5:0,5

O‘zbekistonning asosiy jamoasi ikkinchi turda Peru vakillarini ishonchli tarzda mag‘lub etdi. Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov hamda Shamsiddin Vohidov o‘z partiyalarini g‘alaba bilan yakunlagan bo‘lsa, Muhiddin Madaminov raqibi bilan durangga imzo chekdi.

Nodirbek Abdusattorov 1:0 Xorxe Kori
Javohir Sindorov 1:0 Diyego Flores Kilyas
Shamsiddin Vohidov 1:0 Stiven Roxas Salas
Muhiddin Madaminov 0,5:0,5 Fernandes Sanches

O‘zbekiston-2 — Jazoir: 4:0

O‘zbekistonning ikkinchi jamoasi Jazoirga qarshi bahsda raqibiga umuman imkon qoldirmadi. Jahongir Vohidov boshchiligidagi barcha shaxmatchilarimiz o‘z doskalarida zafar quchib, jamoaga yuz foizlik natijani taqdim etdi.

Jahongir Vohidov 1:0 Adlen Arab
Muhammadzohid Suyarov 1:0 Saad Beluada
Ortiq Nig‘matov 1:0 Ala Eddin Bulrens
Humoyun Begmurotov 1:0 Xalil Bengerabi

O‘zbekiston-3 — Germaniya: 0,5:3,5

O‘zbekiston-3 jamoasi bu turda musobaqaning kuchli jamoalaridan biri bo‘lgan Germaniya ro‘baro‘ keldi. Afsuski, tajribali raqiblarga qarshi kechgan qiyin bahsda faqatgina Muhammadali Abdurahmonov durang qayd etishga muvaffaq bo‘ldi, qolgan shaxmatchilar esa raqiblariga imkoniyatni boy berdi.

Saidakbar Saydaliyev 0:1 Vinsent Keymer
Bahrom Bahrillayev 0:1 Frederik Svane
Almas Rahmatullayev 0:1 Aleksandr Donchenko
Muhammadali Abdurahmonov 0,5:0,5 Rasmus Svane

Ayollar o‘rtasidagi bahslar

O‘zbekiston-1 — Ekvador: 4:0

Ayollar o‘rtasidagi bahslarda O‘zbekistonning asosiy jamoasi Ekvador terma jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi. Afruza Hamdamova, Gulruhbegim Tohirjonova, Umida Omonova va Nilufarxon Imomqo‘ziyeva barcha partiyalarni g‘alaba bilan yakunladi.

Afruza Hamdamova 1:0 A. Ortiz Verdezoto
Gulruhbegim Tohirjonova 1:0 K. Eredia Serrano
Umida Omonova 1:0 Xaramilyo Rivadeneyra
Nilufarxon Imomqo‘ziyeva 1:0 Gerrero Kaysedo

O‘zbekiston-2 — Iordaniya: 3,5:0,5

Ikkinchi jamoa a’zolari Iordaniya ustidan 3,5:0,5 hisobida g‘alaba qozondi. Nilufar Yoqubboyeva, Madina Halilova va Asal Salimova partiyalarini o‘z foydasiga hal qilgan bo‘lsa, Mumtozbegim Mansurova durang o‘ynadi.

Nilufar Yoqubboyeva 1:0 Ahmad Jud
Madina Halilova 1:0 Abumayale Rim
Asal Salimova 1:0 Alshayebi Razan
Mumtozbegim Mansurova 0,5:0,5 Helal Jeda

O‘zbekiston-3 — Ispaniya: 1,5:2,5

Uchinchi jamoa Ispaniya terma jamoasiga qarshi dona surib, yakunda imkoniyatni boy berdi. Ushbu qarama-qarshilikda Maftuna Bobomurodova g‘alaba qozondi, Barchinoy Shokirjonova esa durang qayd etdi. Shohina Ahmedova va Zilola Aktamova imkoniyatni boy berdi.

Zilola Aktamova 0:1 Marta Garsiya Martin
Maftuna Bobomurodova 1:0 Vega Guterres
Shohina Ahmedova 0:1 Matnadze Bujiashvili
Barchinoy Shokirjonova 0,5:0,5 Ines Prado Asebo

O‘zbekiston jamoalariga 3-turda quyidagi jamoalar raqiblik qiladi:

Erkaklar
O‘zbekiston 1 - Avstriya
O‘zbekiston 2 - Germaniya
O‘zbekiston 3 - Marokash

Ayollar
O‘zbekiston 1 - Indoneziya
O‘zbekiston 2 - Ispaniya
O‘zbekiston 3 - Saudiya Arabistoni

Ma’lumot uchun, Samarqand mezbonlik qilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida jami 400 ta jamoa qatnashadi: Erkaklar guruhida 208 ta, Ayollar o‘rtasida esa 192 ta jamoa. Musobaqa 16–27 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:48, 18.09.2026.
O'qildi: 1469 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик